Bosh sahifa / Ruxsat etilmagan joyda amalga oshirilayotgan shashlik savdosi to'xtatildi

Ruxsat etilmagan joyda amalga oshirilayotgan shashlik savdosi to'xtatildi

Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonida sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik mahsulot sifatining buzilishiga olib keladi. Aynan saqlash sharoitiga amal qilinmaganda uni iste'mol qilish zaharlanish holatini keltirib chiqaradi.

Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish hamda yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallanishlarni oldini olish maqsadida, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan olib borilgan o'rganishlar davomida ruxsat etilmagan joyda saqlash sharoitiga rioya etmagan holda sotilayotgan mahsulot savdosi aniqlandi.

Xususan, tumandagi "Chashma" mahallasi hududida  belgilanmagan joyda fuqaro tomonidan shashlik pishirib sotayotganligi aniqlandi va bartaraf etildi. Sotuvchiga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma to‘ldirildi va profilaktik suhbat o‘tkazildi. 

Eslatib o'tamiz, oziq-ovqat mahsulotlari xaridini amalga oshirayotganda ularning iste'molga xavfsizligi va saqlash sharoitiga alohida e'tibor qarating.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-08-2024, 09:45
Ortga qaytish