Bosh sahifa / Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart

Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart.

Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

➖oziq-ovqatning nomi;
➖oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
➖tayyorlovchining nomi;
➖tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
➖oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;
➖oziqlik qimmati, navi;
➖saqlash shart-sharoitlari;
➖tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
➖tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
➖og‘irligi;
➖foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
➖muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
➖normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-08-2024, 16:15
Ortga qaytish