Bosh sahifa / Poliz mahsulotlarining nitrat miqdori tekshirildi

Poliz mahsulotlarining nitrat miqdori tekshirildi

Yoz oylarida dasturxonni tarvuzsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayni pishiqchilik davri, tarvuz ham serob. Bu mahsulot xushta'mligi bilan birga, salomatlik uchun ham koni foyda. Tarvuz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, buyrak va jigarni tozalaydi.  Lekin shunga qaramasdan poliz mahsulotlaridan zaharlanish holatlari ham uchrab turadi. Bunga sabab mahsulotlar tarkibida nitratning ortib ketishidir.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi sanitariya bo‘linmasi mas'ul xodimlari tomonidan Aviasozlar dehqon bozori hududining  sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarvuz-qovun mahsulotlarining nitrat bilan to'yinganlik miqdorini aniqlash uchun namunalar olinib, laboratoriyaga topshirildi va tahlil o'tkazildi. 

Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, tarvuz mahsulotlari tarkibidagi nitrat miqdori me'yorida ekanligi aniqlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-08-2024, 16:13
Ortga qaytish