Bosh sahifa / Ovqatlanish shoxobchalarida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Ovqatlanish shoxobchalarida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Har bir ovqatlanish shoxobchalari sanitariya talablari asosida ishlashi aholi orasida yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi va ovqatdan zaharlanishni oldini olishda juda muhim hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan novvoyxona, somsaxona va ovqatlanish shoxobchalarining sanitariya holati o'rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan har bir shaxobchaga tegishli tavsiyalar berilib, ko'rsatma xatlari tarqatilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ovqatlanish shoxobchalarining hududi toza, korxonaning joylashuvi odamlar yashashi uchun salbiy ta'sir ko'rsatmasligi, alohida chiqindi to'plash va tashlash joyining bo'lishi, markaziy suv tarmog'iga ulangan, korxonaning oqava tizimi doimiy soz holatda bo'lishi, sun'iy yoritilganlik va ventilatsiya tizimining doimiy ishlab turishi, korxonada ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya etilishi, xonalarda doimiy ravishda zararsizlantirish ishlari olib borilishi, muzlatgich bilan yetarli ta'minlanganligi va soz holatda bo'lishi, xodimlar maxsus ust-boshda, davriy tibbiy ko'rikdan o'tgan bo'lishi, mahsulotlarning saqlash qoidalariga roiya etgan holda faoliyat yuritishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-08-2024, 16:11
Ortga qaytish