Bosh sahifa / Maymunchechak — tez tarqaladigan xavfli kasallikmi?

Maymunchechak — tez tarqaladigan xavfli kasallikmi?

Maymunchechak — yuqumli kasallik bo‘lib, yuqori harorat, limfa tugunlarining kattalashishi va toshma toshishi bilan xarakterlanadi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti Afrikada ushbu kasallik epidemiyasini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb e’lon qildi.

Kasallik 1980-yildan beri davosi topilgan deb hisoblangan oddiy suvchechakka o‘xshaydi, ammo undan farqli o‘laroq, yuqish ehtimoli kamroq va osonroq kechadi. Ushbu virusning ikkita shtammi mavjud: Clade I va Clade II. Birinchi shtamm bilan zararlangan har 10 kishidan 1 nafari vafot etadi. 2022—2023-yillardagi epidemiya Clade II tomonidan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u bilan kasallangan bemorlarning 99 foizi omon qoladi.

Maymunchechak ortopoksviruslarni keltirib chiqaradi. Ularni ba’zi kemiruvchilar (masalan, Gambiya xaltali kalamushlari) va hayvonlar tashiydi.

Maymunchechakdan qanday himoyalanish mumkin?

Agar sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot choralarini bilishingiz kerak:

Yovvoyi daydi hayvonlar, xususan, kemiruvchilardan ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, ular chechak tarqalgan hududlarda yashasa va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lsa. Ularning murdasiga tegmang va yovvoyi hayvon go‘shtini yemang.
Zararlangan hayvon tegishi mumkin bo‘lgan narsalarga yaqinlashmang.
Umumiy choyshab va gigiyena buyumlaridan foydalanmang va imkon qadar bemor odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lmang.
Gigiyena qoidalariga rioya qiling — qo‘llarni sovunlab yuving yoki spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning.
Agar zararlangan odamlarni parvarish qilsangiz, shaxsiy himoya vositalaridan foydalaning.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


17-08-2024, 08:53
Ortga qaytish