Bosh sahifa / Rasmiy munosabat: Kafe atrofida zararsizlantirish ishlari olib borildi

Rasmiy munosabat: Kafe atrofida zararsizlantirish ishlari olib borildi

Bugun telegram kanallarida "Minor" metro bekati atrofida sichqon yurgani aks etgan video xabar tarqaldi.

Tarqalgan xabarga ko'ra, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, Boshqarmaning Yunusobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, sichqon yurgan hudud atrofida shirinliklar bilan shug'ullanuvchi kefe mavjudligi sababli hududda zararsizlantirish (dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya) ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o'tamiz, shahar ko'chalarida  zararsizlantirish ishlarini tashkil etish tumanlardagi Obodonlashtirish bo'limlari vazifasiga kiradi. Xususan, tashkilot, muassasa va ko'p qavatli uylarda zararsizlantirish ishlarini olib borish davlat tasarrufidagi yoki xususiy dezinfeksiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida olib borilishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


17-08-2024, 08:52
Ortga qaytish