Kuni kecha Mirobod tuman bo'limi tomonidan ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan tumanda joylashgan "Huasheng Xiang" xitoy oshxonasida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakildan ruxsat olgan holda tekshiruv ishlari olib borilgan edi.
O’tkazilgan tekshiruv natijasida obyektda Sanitariya qoida va me'yorlarining qo’pol ravishda buzilishi yuzaga kelganligi sababli, kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi hamda ovqatlanish shoxobchasining ish faoliyati vaqtincha to’xtatildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati