Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi tomonidan tumandagi 144-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan o'rganish olib borildi.
Yangi o'quv yili boshlangunga qadar maktabdagi rekonstruksiya ishlarini reja asosida o'z vaqtida topshirish belgilangan.
O'rganishlar davomida:
➖qurilish ishlari belgilangan loyiha va smeta asosida olib borilayotganligi;
➖sinfxonalarda devor va pol qoplamasining Sanitariya qoida va me'yorlari asosida bajarilayotganligi;
➖yozgi va qishki sport zalning ta'mirlanayotganligi;
➖kuz-qish mavsumidan oldin isitish tizimining sozligi ko'zdan kechirilib, tavsiya berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati