Bosh sahifa / Maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali tekshiruv o'tkazildi

Maktabgacha ta'lim tashkilotida rejali tekshiruv o'tkazildi

Yurtimizda bolalar uchun ajratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar juda ko'p. Ota-onalar eng birinchi navbatda farzandlari uchun javobgar hisoblanadi. Shu sababli ular ta'lim olayotgan maskanlar holatini ham o'rganib borish lozim.

Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 521-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlarining bajarilishi hamda ish rejasiga muvofiq  navbatdagi rejali nazorat tadbirlari tashkil etildi.

O'rganishlar davomida quyidagilar bo'yicha monitoring o'tkazildi:

➖umumiy maydon bo'ylab tozalik tadbirlari keng miqyosda olib borilganligi;
➖har bir xonada yoritish chiroqlari o'rnatilganligi;
➖oshxona jihozlari va foydalanilgan idish-tovoqlar o'z vaqtida yuvib, artilganligi;
➖kunlik taomnoma tashkil etilib, shu asosida bolalar uchun ovqat tayyorlanishi;
➖hojatxona hamda qo'l yuvish xonasida oqava suv tizimi soz holatda ekanligi, jo'mraklar foydalanishda yaroqliligi;
➖bolalar choyshablarining tozaligi va tez-tez almashtirilishi;
➖ishchi xodimlarning tibbiy ko'rikdan o'tganlik guvohnomalariga ega ekanliklari ko'zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi va mas'ullarga sanitariya qoidalariga rioya qilish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


16-08-2024, 12:22
Ortga qaytish