Bosh sahifa / Fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida o'rganish o'tkazildi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida o'rganish o'tkazildi

Murojaatda keltirilishicha, tumandagi "Majnuntol" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining yon qo‘shnisi uyida qoramol boqayotganligi va buning oqibatida xonadonida noxush hiddan aziyat chekayotganligi keltirib o'tilgan.

Mazkur murojaatga muvofiq, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi hamda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Majnuntol ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlariga ko'ra joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida murojaat qilgan fuqaroning yon qo‘shnisi hovlisida 4 ta qoramol boqayotganligi va ushbu joyda kundalik tozalash ishlari olib borilmaganligi, hosil bo‘lgan biologik chiqindilar o‘z vaqtida yo‘q qilinmaganligi ma'lum bo‘ldi. Shu sababli fuqaroga hovlisida zudlik bilan tozalash ishlarini o‘tkazish va hosil bo‘lgan biologik chiqidilarni olib ketish choralarini ko‘rish bo‘yicha ogohlantirildi. Fuqaro tomonidan berilgan tavsiyalar bajarilib, hovlisida tozalash ishlari o‘tkazildi.  

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


17-08-2024, 12:21
Ortga qaytish