Ovqatlarning hissiy xususiyatlari- iste'molchilar o'zlarining ko'rish, teginish, ta'm va hidni his qilishlari bilan sifatni baholashga egadir. Bunga organoleptik xususiyatlar deyiladi.
Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Mirobod dehqon bozori hamda "Beshqo’rg’on" MChJ ga qarashli Farg’ona bozorining sanitariya holati hamda mahsulotlarning sifati yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.
Natijada butunligi buzilgan, iste’molga yaroqsiz holga kelgan qator mahsulotlar:
12 kg banan;
58 kg pomidor;
23 kg bulg’or qalampiri;
5 kg shaftoli;
5 kg gulkaram mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, brakeraj qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati