Bosh sahifa / Tarkibi o'zgargan yaroqsiz mahsulotlar savdodan olindi

Tarkibi o'zgargan yaroqsiz mahsulotlar savdodan olindi

 Mutaxassislarning fikricha, mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida har yili sayyoramizning deyarli har 10 aholisidan biri ovqatdan zaharlanadi va 420 ming kishi vafot etar ekan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari, VSEL (Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi) xodimlari bilan birgalikda Farhod dehqon bozori hududida belgilanmagan joyda, sifati kafolatlanmagan, mahsulotni saqlash va sotish talablarini bajarmagan holda fuqarolar tomonidan sotilayotgan 30 litr qatiq va 20 litr sut mahsulotlari savdosi aniqlanib, mahsulotlar VSEL laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.

Laborator tekshiruv natijasiga ko'ra mahsulotlardan olingan namunalar tarkibida suv miqdori oshib ketganligi, mahsulotlar aynish jarayonida ekanligi aniqlanib, iste'mol uchun yaroqsiz deb topildi va mahsulotlar tegishli tartibda brakeraj qilindi.

Aynan shu kabi nazorat tadbiri Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida ham olib borildi.

Navbatdagi o'rganish ishlarini amalga oshirish davomida:

- 60 ta tuxum;
- 12 litr sut;
- 11 kg mol go'shti;
- 9 kg kolbasa va kolbasa mahsulotlarining muddati o'tib, sifatini yo'qotganligi sababli joyida savdodan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


10-08-2024, 08:31
Ortga qaytish