Bosh sahifa / 590 kg qovun iste'molga yaroqsiz ekanligi aniqlandi 

590 kg qovun iste'molga yaroqsiz ekanligi aniqlandi 

Yoz kunlarida aholi tomonidan qovun, tarvuz kabi poliz mahsulotlari sevib iste'mol qilinadi. Ammo nitrat miqdori yuqori ko'rsatilgan tarvuz va qovunlarni iste'mol qilish, inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va kasalliklar keltirib chiqarishi tabiiy hol.

Shu sababli, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo’limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda  "Food City" dehqon bozori hududida tashkil etilgan poliz ekinlari savdosi yuzasidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida sotilayotgan qovun mahsulotida nitrat darajasi belgilangan me'yordan yuqori ekanligi hamda organoleptik xususiyatlari buzilganligi aniqlandi.Natijada 590 kg miqdordagi qovun iste'molga yaroqsiz deb topilib, o‘rnatilgan tartibda savdodan oldirilib, brakeraj qilindi. 

Qayd etish kerakki, Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra, tarvuzdagi nitrat miqdori kilogramiga 60 mg, qovunda esa 90 mg bo'lishi me'yor hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


8-08-2024, 09:53
Ortga qaytish