Bosh sahifa / Maktabgacha ta’lim tashkilotida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi     

Maktabgacha ta’lim tashkilotida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi     

    
O‘tkir diareya xalq orasida ichburug‘, ich og‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanadi. Agar bemorga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u ichaklarning buralib qolishi, parez, ya'ni falajlik, infeksion-toksik shok, neyrotoksikoz kabi og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Sanepidqoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman boʼlimi epidemiologiya va immunoprofilaktika boʼlinmasi mutaxassislari tomonidan tumandagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisining birida o'tkir diareya kasalligi  qayd etilganligi sababli epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan guruhlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda DMTT da tarbiyalanuvchilar o‘rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olishda ko‘riladigan chora-tadbirlarni ijrosi bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


8-08-2024, 10:30
Ortga qaytish