Bosh sahifa / Kuydirgi kasalligini oldini olish yuzasidan taktik mashg'ulot o'tkazildi

Kuydirgi kasalligini oldini olish yuzasidan taktik mashg'ulot o'tkazildi

Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik, zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Odamga kasal hayvonlardan — hayvonni so‘yish, go‘shtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorvachilik chiqindilari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, ya’ni hayvonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan kishilarda ko‘proq kuzatiladi. Infeksiya sog‘lom odam organizmiga nafas yo‘llari, teri va og‘iz orqali tushishi mumkin. Kasallik vaqtida davolanmasa, shakliga qarab, o‘lim darajasi 90-95 foizni tashkil qilishi mumkin.

Kuni kecha Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda mas'ul tashkilotlar hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan 51-sonli oilaviy poliklinikada kuydirgi kasalligini tabiiy o‘choqlardan kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish to‘g‘risida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.  Ushbu o‘quv mashqida jami 70 nafar soha mutaxassislari ishtirok etdilar. 

Qayd etish kerakki, soha mutaxassislari tomonidan kuydirgi kasalligi aniqlangan vaqtda qay tartibda tezkor ish olib borish, uning epidemiyaga aylanib ketishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan taqdimot qilindi hamda amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Suningdek, tadbir yakunida kuydirgi kasalligini oldini olish bo‘yicha 150 dan ortiq eslatmalar ham tarqatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


6-08-2024, 15:42
Ortga qaytish