Bosh sahifa / Bakteriologik tekshiruvga ko'ra ijobiy natija aniqlandi

Bakteriologik tekshiruvga ko'ra ijobiy natija aniqlandi

Surtma naychalari namunalari korxonada o'tkazilgan zararsizlantirish tadbirlarida ishlatilgan vosita to'g'ri tanlanganligi va zararsizlantirish tadbirlari samaraligiga baho berish maqsadida 10-20 dm2 yuzadan olinadi va sanitariya-bakterilogik laboratoriyaga tekshirish uchun yuboriladi.

Murojaat asosida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi Bakteriologiya laboratoriya xodimlari tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jarrohlik xonalari, muolaja xonasi,  jarrohlikdan keyingi xonalaridan yalpi zarasizlantirish ishlari olib borilgandan so'ng tibbiyot buyumlaridan bakteriologik tahlil uchun surtma va havo namunalari olindi.

Olingan bakteriologik surtmalar 3 kun davomida o'rganildi va ijobiy ko'rsatkichda ekanligi aniqlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-08-2024, 12:53
Ortga qaytish