Amaldagi qonunchilikka ko'ra, normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar yangi kimyoviy moddalar va biologik vositalarni, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hamda tarkibida shu manbalar mavjud bo‘lgan priborlarni, materiallarni, texnologik jarayonlarni, uskunalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda
boshqa xalq iste’moli tovarlarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemik xavfsizligini ta’minlashga doir normativlar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni, ushbu normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uslublarini, zararli mahsulot va chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish usullarini ishlab chiqib, ularni kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishi shart.
("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 18-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati