Bosh sahifa / O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi

Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.

3 sentyabr, seshanba ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 1 sentyabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024 yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2 sentyabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

31 avgust, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni bo‘ladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-08-2024, 12:50
Ortga qaytish