Bosh sahifa / Korxona xodimlariga amaldagi sanitariya normalari mohiyati tushuntirildi          

Korxona xodimlariga amaldagi sanitariya normalari mohiyati tushuntirildi          

          
Mazkur (0027-22-sonli) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari umumiy ovqatlanish korxonalarida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi va barcha umumiy ovqatlanish korxonalariga (restoranlar, kafelar, kafeteriylar, oshxonalar, choyxonalar, barlar, tez ovqatlanish punktlari, keytering xizmati va boshqalar) nisbatan tatbiq etiladi.

Bugun "Chilonzor" MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi sanitariya bo‘limi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida  o‘rganish va tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Targ'ibot ishlari jarayonida korxona xodimlariga:

➖umumiy ovqatlanish shoxobchalari anjom va jihozlaridan foydalanish maqsadiga muvofiq yorliqlanishi;
➖sovutgich va muzlatgichlarda mahsulotlar qo‘shnichiligiga rioya etilgan holda saqlanishi lozimligi, ushbu sovutgich va muzlatgichlar vaqti-vaqti bilan muzdan tushirilib tozalanishi;
➖go‘sht va go‘sht mahsulotlariga ishlov berish uchun mo‘ljallangan taxtakach va pichoqlar boshqa mahsulotlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan anjom va jihozlarda ajralib turishi uchun maxsus rangda muhrlanishi va yorliqlanishi;
➖ishchi xizmatchilari kamida 3 ta maxsus gigiyenik kiyim bosh bilan ta’minlangan bo‘lishi;
➖korxona ish kuni davomida tez-tez sanitariya tozalash ishlari tashkillashtirilib, ish kuni oxirida to‘liq sanitariya tozalash va zararsizlantirish tadbirlari tashkil etilishi;
➖korxonadagi zararsizlantirish ishlarini samardorligiga baho berish maqsadida shartnoma asosida vaqti-vaqti bilan anjom va jihozlardan surtma naychalari namunalari tahlilga olinishi va korxonaning sanitariya holatiga xolisona baho berilishi amaldagi sanitariya normalari talablari ekanligi tushuntirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


2-08-2024, 13:06
Ortga qaytish