Bosh sahifa / Sanitariya talablariga zid ravishda faoliyat olib borgan supermarketning holati yaxshilanmoqda

Sanitariya talablariga zid ravishda faoliyat olib borgan supermarketning holati yaxshilanmoqda

Avval xabar berganimizdek, telegram ijtimoiy tarmog'idagi kanallarda Mirobod tumani, Nukus ko'chasida joylashgan "Makro" supermarketi filialidagi pishgan go'sht rastasida suvarak yurgani aks etgan video tarqalgan edi. 

Mazkur holat yuzasidan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakildan ruxsat olinib, kuchaytirilgan tekshiruv ishlari amalga oshirildi va aniqlangan qator kamchiliklar sababli "Makro" supermarketi faoliyati vaqtincha to'xtatilgan edi.

Bugun ushbu supermarketda berilgan ko'rsatmalar hamda sanitariya talablariga qay darajada amal qilinganligi yuzasidan navbatdagi o'rganish ishlari olib borildi. Natijada:

- go'sht rastasining tepa qismi to'liq yopilganligi;
- joriy ta'mirlash bosqichlaridan to'liq o'tkazilganligi;
- chiqindilarni tashlash uchun maxsus idishlar tashkil etilganligi;
- go'sht mahsulotlarini to'g'ri saqlash uchun muzaltgichlar tozalanib, soz holatga keltirilganligi;
- ish jarayonida foydalanish uchun yangi oshxona jihozlari va anjomlar keltirilganligi aniqlandi. 

Tekshiruv davomida aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, Sanitariya qoidava me'yorlarining bajarilganligi yuzasidan "Makro" supermarketi faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


2-08-2024, 13:04
Ortga qaytish