Bosh sahifa / Yo’l yuzida sotilayotgan ayron ichimligi yo'q qilindi

Yo’l yuzida sotilayotgan ayron ichimligi yo'q qilindi

Quyosh tig'iga qaramasdan yo'l yuzida noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning savdosi avj olgan vaqtda ularning sifatini nazorat qilish hamda sotish texnikalariga amal qilinganligi yuzasidan chora-tadbirlar olib borish, fuqarolarning salomatligini asrashda juda muhim ahamiyatga egadir.

Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan tuman aholisining salomatligini barqarorlashtirish, o'tkir yuqumli ichak kasalliklari, oshqozon ichak infeksiyalarining kelib chiqishini oldini olish maqsadida reyd tadbiri davom etmoqda. 

Tumandagi ”Alibek” masjidi yo’l yoqasida sanitariya talablariga zid ravishda, ruxsat etilmagan joylarda sotilayotgan zaharlanish holatini yuzaga keltirish xavfiga yuqori hisoblangan 25 litr ayron mahsuloti o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. Qonun talablarini buzgan fuqaroga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma'muriy chora ko‘rildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

 

2-08-2024, 11:37
Ortga qaytish