Amaldagi qonunchilikka ko'ra, profilaktik emlashlar yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
Profilaktik emlashlar profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi profilaktik emlashlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar guruhini, bunday emlashlarni o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi va epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha profilaktik emlashlar o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 33-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati