Amaldagi qonunchilikka ko'ra, yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida:
- epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha dezinfeksiya tadbirlari — davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan;
- profilaktik dezinfeksiya tadbirlari — yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 34-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati