Mutaxassislarning fikriga ko'ra, kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar, viruslar, parazitlar yoki zararli kimoviy moddalarni o‘z ichiga olgan xavfli oziq-ovqatlar diareyadan saratongacha bo‘lgan 200 dan ortiq kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin ekan.
Bugun ovqatdan zaharlanish, shuningdek, turli kasalliklarni oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tuman hududida joylashgan Navro'z dehqon bozorining "Yalang'och" shoxobchasida nazorat tadbirlari olib borildi.
Natijada noma'lum sharoitda tayyorlangan 22 kg makkajo'xori hamda organoleptik xususiyatini yo'qotib, iste'mol uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan 5 kg tuzlangan karam mahsulotlari brakeraj qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati