Bosh sahifa / Yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoida va me'yorlari, shuningdek milliy standartlarga muvofiqligi ta'minlanishi shart

Yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoida va me'yorlari, shuningdek milliy standartlarga muvofiqligi ta'minlanishi shart

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, xo‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek milliy standartlarga muvofiqligini ta’minlashi shart.

Markazlashtirilgan tartibda xo‘jalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar xo‘jalik va maishiy maqsadlar hamda markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash uchun foydalaniladigan suv havzalaridagi suvning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.

("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 26-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


30-07-2024, 13:12
Ortga qaytish