Hozirgi kunda eng bozori chaqqon bo'lgan mahsulotlardan biri bu yarim tayyor xamir mahsulotlari hisoblanadi. Ammo saqlanish tartibiga roiya etilmagan yarim tayyor xamir mahsulotida mikroorganizmlar ko'payib, yoqimsiz ta'm va hidni keltirib chiqaradi. Bunday mahsulotni iste'mol qilgan insonda ichak kasalliklari bilan kasallanish ehtimoli mavjud.
Hozirgi issiq haroratda har qanday mahsulotning saqlanish sharoitiga amal qilgan holda sotilishi muhim ahamiyatga egadir. Bugun quyosh tig'i ostida, saqlash qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan 10 kg 500 gr lag'mon xamiri mahsuloti Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan brakeraj qilindi.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, Sanitariya qoida va me'yorlariga binoan yarim tayyor xamir mahsulotlari +2 C dan +4 C gacha saqlanishi lozim.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati