Bosh sahifa / Bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tib boradi

Bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tib boradi

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishining hamda tarqalishining oldini olish, shuningdek kasb faoliyatiga oid kasalliklarning oldini olish maqsadida bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tib boradi.

Xodimlari majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblarning va ishlab chiqarishlarning ro‘yxati, bunday ko‘riklarni o‘tkazish tartibi va muddatlari oldindan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xabardor qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 35-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


29-07-2024, 10:30
Ortga qaytish