Amaldagi qonunchilik (https://lex.uz/acts/-2732587)ka ko'ra,
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan obyektlarni rejalashtirish, loyihalash va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi shart.
Shuningdek, hududlarning, inshootlarning, davolash-profilaktika, ta'lim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa muassasalar binolarining saqlanishi, uskunalardan, transport vositalaridan foydalanishini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ta'minlashi shart.
("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 19-20-moddalari (https://lex.uz/acts/-2732587))
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati