Bosh sahifa / Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi 26 iyuldan boshlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi 26 iyuldan boshlandi

Ma’lumot uchun, Qonunchilik palatasi saylovlari ilk marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi.

Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi.

Ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

26-07-2024, 11:51
Ortga qaytish