Bosh sahifa / GELMINTOZLARNI ERTA ANIQLASH — BOLALAR SALOMATLIGINI HIMOYA QILISHNING MUHIM OMILI!

GELMINTOZLARNI ERTA ANIQLASH — BOLALAR SALOMATLIGINI HIMOYA QILISHNING MUHIM OMILI!

🦠Gelmintozlar — inson organizmida parazit chuvalchanglar (gijjalar) mavjudligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar guruhi. Ular, ayniqsa, bolalar orasida uchrab, organizmning turli a’zolari va tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🔬Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan yillik ish rejasiga muvofiq, tumandagi 244-sonli umumta’lim maktabida parazitologik tekshiruv tadbiri tashkil etildi.

➡️Tadbir davomida o‘quvchilardan gelmintozlarni, xususan, enterobiozni erta aniqlash maqsadida perianal qirindi (soskob) usulida namunalar olindi hamda laboratoriya tekshiruvlariga topshirildi.

🔍Nima uchun bolalar gelmintozlarga ko‘proq chalinishi mumkin?

✔️Bolalarda shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarlicha rioya qilmaslik, yuvilmagan qo‘llar bilan ovqatlanish, tirnoqlarni tishlash, ifloslangan tuproq va buyumlar bilan aloqa qilish parazitlar yuqish xavfini oshiradi.

🛡Gelmintozlarning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

▫️Ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarni sovunlab yuving.
▫️Meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab tozalang.
▫️Tirnoqlarni kalta va ozoda saqlang.
▫️Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
▫️Bolalarda shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini muntazam shakllantiring.
▫️Shubhali alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qiling.

📌Unutmang! Gelmintozlarning oldini olishda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktik tadbirlarni muntazam amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


19-11-2026, 16:09
Ortga qaytish