Tadbirlar - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasining Toshkent shahar boshqarmasi