Bosh sahifa / Ramazon hayiti munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshligining bayram tabrigi

Ramazon hayiti munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshligining bayram tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Avvalo, barchangizni muborak  bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ramazon hayiti – butun musulmon olami uchun ulug‘ va qadrli bayram bo‘lib, u insonlarni ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat va shukronalik ruhida birlashtiradi. Ushbu muqaddas oy davomida qalblar poklanib, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlar yanada mustahkamlandi.

Ayniqsa, jamiyatimizda mehr-shafqat, ehtiyojmandlarga ko‘mak berish, bir-birimizga e’tiborli bo‘lish kabi insoniy qadriyatlar keng qaror topayotgani barchamizni quvontiradi. Bu esa sog‘lom va barkamol jamiyat barpo etish yo‘lidagi muhim omillardan biridir.

Bugungi kunda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, jamoat salomatligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarimizda ham aynan ana shunday yuksak qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Bayram kunlarida ham fuqarolarimiz salomatligini asrash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida barcha zarur chora-tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi.

Shu o‘rinda barchangizni bayram kunlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishga, sog‘lig‘ingizni asrashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirib qolaman.

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman. Yurtimizda doimo osoyishtalik, xalqimiz hayotida farovonlik va taraqqiyot barqaror bo‘lsin!

Yana bir bor barchangizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman!

Malika Kudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i

19-03-2026, 13:00
Ortga qaytish