Bosh sahifa / "Korrupsiyasiz soha" mavzusida yig'ilish o'tkazildi

"Korrupsiyasiz soha" mavzusida yig'ilish o'tkazildi

Korrupsiya har qanday jamiyat rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladigan ijtimoiy xavf hisoblanadi. Har qanday korrupsiyaviy qonunbuzarlik yangi bir qonunbuzarlik sodir shiga turtki bo‘ladi. 

Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo’limi mudiri Mohira Ahmedova boshchiligida Korrupsiya ichki nazorati tizimi mutaxassisi tomonidan bo'lim xodimlariga "Korrupsiyasiz soha" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Bunga ko'ra mas'ul mutaxassis tomonidan bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida garipdi. Yig‘ilish davomida pora olish va o‘zlashtirish korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng og‘ir va ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida bo‘lim mudiri endilikda sohada korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, bunda "noqonuniy boylik orttirish", "uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab tamagirlik qilish" kabi xarakatlarga chek qo‘yish, faoliyatning ochiqligini taʼminlash, xodimlarning korrupsiyaga qo‘l urmasligi uchun ularning huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ma'sullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


25-03-2025, 16:02
Ortga qaytish