Bosh sahifa / Rasmiy munosabat: Mahsulotning tarkibi va yaroqlilik muddati to'g'risidagi ma'lumot u keltiriladigan qutida ko'rsatiladi

Rasmiy munosabat: Mahsulotning tarkibi va yaroqlilik muddati to'g'risidagi ma'lumot u keltiriladigan qutida ko'rsatiladi

Telegram hamda You Tube ijtimoiy tarmog'ida "Feed up fast food tarmog'ida sifatsiz mahsulotlar borligi aniqlandimi?" sarlavhasi ostida video e'lon qilindi.

Ushbu holatga ko'ra Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, holatga oydinlik kiritish maqsadida "Feed up" fast-food tarmog'ida o'rganish ishlari olib borildi. Videoda qayd etilganidek, sotilayotgan qandolat mahsulotlari o'ramida mahsulot tarkibi va yaroqlilik muddati ko'rsatilmaganligi aytib o'tilgan. Aytish joizki, ushbu shirinliklar maxsus qadoq (quti) da olib keltirilishi sababli mahsulot to'g'risidagi ma'lumotlar uning qutisida keltirib o'tiladi. Ammo videodagi shirinlik dona holatida sotilayotgani va har bir dona qadoqlanmaganligi uchun unda ma'lumot berilmagan.

Xususan, go'sht mahsulotlari qadog'ida ham ma'lumotlar to'liq o'zbek tilida berilmaganligi ham aytib o'tilgan. Bu holatni nazorat qilish esa Sanepidqo'mita emas, balki Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi vakolatiga kirishini eslatib o'tamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


1-11-2024, 10:32
Ortga qaytish